Sut mahsulotlarining “Tabiiy”lashtirilgan yangilanishi

  • Дата
  • Категорії

*O'zbekistonlik obunachilar uchun

Dunyo korporatsiyalari dizayn olamiga katta trendlarni olib kirishadi, lekin, ushbu trendlarni brendlar o’zlarida qo’llab ko’rganlarida, ko’p hollarda ular asl “yuzlarini” va boshqa tarkibiy qismlarini yo’qotishadi. Musaffo brendi, bir-hillikni hech yoddan chiqarmagan holda va BrainTank agentligi bilan birgalikda, tabiiylikka katta e’tiborni qaratib sut mahsulotlari qadoqlarini yangilash ishini o’tkazdilar. 

__

Har bir ishlab chiqaruvchi, iste'molchi o'zi ishlab chiqaradigan sutni tanlashini xohlaydi. Lekin, iste’molchi nimani qidirmoqda? Iste’molchi yangi sutni xohlaydimi? Ko’proq sutmi? Balkim, tekshirilgan ishonchli sutni izlayotgandur?  Lekin unday emas ekan, iste’molchilar tabiiy sutni xohlashar ekan. 

Musaffo brendi o'zining tabiiyligini O'zbekistonning tabiiy manbalariga mansubligida topadi, shuning uchun yangilanishni o’z qo’liga olgan agentlik, “Tabiiy”likni izlashda shu yo’lda ketti. Tadqiqot ma’lumotlari va davlat mentalitetini o’rganib agentlik jamoasi O’zbekistonda tabiiylik, hissiyotlar darajasida qabul qilinishi aniqlandi. 

Lekin u qanday? Bahor tongida, tabiat uyg’onayotgan chog’da, endi quyosh chiqayotganida va sigirlar o’tloqqa ketayotganlarida, ko’zingizga quyoshning ilk shu’lalari tushadi va siz toza havo bilan to’yib nafas olib qo’lingizdagi suttan ichasiz. 

Iste’molchilar xuddi shunday tabiiylikni xoxlashadi. Ammo agar ishlab chiqaruvchi yuqori sifatli sutni ta'minlasa, u holda marketing iste'molchiga o'z tanlovini to'g'ri qilishda yordam berishi kerak.

Agentlik rassomlari ushbu hissiyotlarni mujassam etgan su’rat chizishdi. Shunday qilib tabiiy ramzlarga ega qadoqning yangi dizayni dunyoga keldi: ozgina “sutli” bulutli havo rang osmon, sokin daryo, bir ko'za sut va "jonli" landshaft - bunday tasvirlardan foydalanish iste'molchining idrokiga ijobiy ta'sir qiladi.

Peyzaj uslubiga nazar tashlaydigan bo'lsak, akvarelning ozgina sezilishini ko'rish mumkin - inson bir qaraganda so'zsiz tushunadigan yoqimli soddalik mujassam. Bularning barchasi, albatta, asosiy jahon tendentsiyalari elementlaridan foydalanmasdan yaratilgan, lekin bu yerda butunlay boshqacha, mahalliy va yengilroq narsa birinchi o'ringa chiqadi. 

Iste'molchining ichida nima aks-sado berishini oxirigacha his qilib, o'rganib, butun landshaft rasmida so'z bilan ifodalab bo'lmaydigan bu tabiiylik tuyg'usini qayta tiklash uddalandi. Dizayn dunyosidagi tendentsiyalar bilan birlashtirilgan o'ziga xoslik yo'li, ushbu toifadagi mahalliy brend uchun to'g'ri qarorga aylandi. Axir, har bir brend o'z bozorida samarali bo'ladigan dizaynni tanlaydi.

Команда