Qanday qilib, mahalliy brend xalqaro gigantlar bilan raqobatlasha oladi va hatto ulardan yaxshiroq bo’la oladi?

  • Дата
  • Категорії

*O'zbekistonlik obunachilar uchun

Har qanday bozor bu bozorda namoyish etilgan mahalliy va xalqaro brendlarning aralashmasidir. Hammaga ma'lum bo'lgan haqiqat, lekin yana takrorlaymiz.

Mahalliy”lar kimlar? 

Bular ichki kontekstni chuqur tushunadigan va o'z mahsulotlarini shu kontekst asosida quradigan brendlardir. Masalan, O'zbekistondagi an'anaviy sut mahsulotlari bozori haqida gapiradigan bo'lsak, o'zbeklar yaxshi ko'radigan ayron ishlab chiqariladi. Ajoyibmi? Shubhasiz. Va shuningdek, haqiqiy. Savol! Ichki brend faqat mahalliy kontekstda bo’lishligi yaxshimi? Biz u haqida hozir  gaplashib olamiz. 

Ammo biz “Xalqaro gigantlar” to'g'risida gaplashsak. Ular kimlar? 

Ular, yuqorida aytilgandek, mahalliy brendlar bilan bir xil sohada ish yurutadigan, biroq ayni paytda global dunyo qarash, tajriba va eng muhimi, ular tayanishi mumkin bo’lgan ko’plab tadqiqotlarga ega brendlardir. Shunday ekan, ular jahon tajribasini brend “yashaydigan” mamlakatda muvaffaqiyatli amalga oshirishga qodir. 

Har qanday mahsulotni ishga tushirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, mahsulot marketingini to’g’ri yig’ish muammosi mavjud. Har qanday brend, ham mahalliy, ham xalqaro - bunga rozi bo’ladilar.

Va bu yerda biz falsafaga, xususan, Gyodel falsafasiga chuqurroq kirishni taklif qilamiz. 

XX-asrning taniqli mantiqchisi va matematigi Kurt Gyodel - “Gyodelning to’liqsizlik teoremasi” nomi bilan mashhur bo’lgan bayonotni e’lon qiladi, bu oddiy so’z bilan aytganda: “Siz bu tizimning funktsiyasi ichida bo’lgan holda, matematik tizimdan tashqarida nima borligini tushuna olmaysiz”

Biz ushbu teoremani O'zbekistondagi an'anaviy sut mahsulotlari bozoriga o'tkazamiz va quyidagilarga e’tibor bering:

Siz - ajoyib, mahalliy sut brendisiz. Siz mamlakatingizning ichki bozoridagi odamlar biladigan va sevadigan ma’lum bir mahsulotni qanday ishlab chiqarishni yaxshi tushunarsiz. Ammo, xuddi shu odamlar Gollivudni yaxshi ko’radilar, ular Amerika va Yevropa teleko’rsatuvlarini tomosha qiladilar, har bir teleko’rsatuvda har 10 daqiqa orasida u yoki bu brend reklamasini ko’rish mumkin. Va aynan shu odamlar sizning mahsulotingiz va uni yonida joylashgan yirik (xalqaro) brendlar turgan qatorga qarashadi. Va bu yerda siz o’zingizni xohlagancha ajoyib bo’lishingiz mumkinligi haqida ma’lumot berishiingiz mumkin, lekin siz faqat ichki kontekstda bo’lganingiz uchun sizni tanlamasliklari ham mumkin. 

Bu yerda siz, masalan, trendlarni o’rganadigan, marketing holatlarini o’rganadigan va tajribaga ega bo’lgan mahalliy brendlar borligi haqida bahslashmoqchidursiz. Ammo bu yetarlimi? Axir siz tadqiqot va shaxsiy tajribangizga ega bo’lishingiz, shuningdek, o’z bozoringizni tashqaridan ko’ra olishingiz kerak. Gyodel teoremasida aynan shu muammo haqida gap ketgan. 

Kontekst ichida bo’lish juda muhim. Ammo bu kontekstga global tajribani olib kirish ham birdek muhim. Va shuningdek, buni yaxshilab tushunib oling, siz o’zingiz uchun vazifa sifatida belgilagan yo’lni, kimdir allaqachon muvaffaqiyatli bosib o’tgan va unga qanday amal qilish haqida ma’lum bilimga egaligi, mustasno emas. 

Misol uchun, bugungi kunda odamlar oddiy sutni yaxshi ko’radilar, ertaga esa ular ozgina yog’siz sutni tanlashlari mumkin, chunki yog’siz sutlar uchun Yevropada trendlar mavjud. Biz aniq bilamizki, bu trend O’zbekistonga ham keladi, ammo qancha va qaysi yog‘siz mahsulotlar “yo‘q bo‘lmagani” va ularning ishdan chiqishiga nima sabab bo‘lganligi har doim maqola va nashrlar doirasidan tashqarida qoladi.

Xuddi shu narsa “vizual trendlar“ uchun ham amal qiladi. 

Misol uchun, barcha xalqaro sut brendlari global trendlar asosida o’zgargan payt keladi. Ammo siz o’zgarmaysiz. Muamo tug’iladi: siz mahalliy va juda zo’r brerndsiz, lekin ayni paytda siz o’zgarganlarning orasida o’zgarmagan “oq qarg’a”ga o’xshaysiz. Buning sababi shundaki, siz ularning o’zgarishini bilmas edingiz. 

Shundan kelib chiqib, global dunyo qarashining ma’nosini tushunib olsak bo’ladi. Marketingdagi bunday yondashuv “glocal” deyiladi va uning ma’nosi: “Global miqyosda o’ylang - mahalliy darajada moslashing”. 

Bu trendlarga rioya qilgan holda ichki mutaxassis bo'lishi ajoyib, va ​​muhim, ammo bugungi kunda bu har qanday mamlakatdagi biron bir bozorda topilishi qiyin bo’lgan bir muammo.  

Kim “glocal” o’ylaydi? 

Buni qila oladigan, ya'ni global tajribaga ega va uni mahalliylashtirishga qodir bo'lgan bir qator agentliklar mavjud. Ular xalqaro gigantlar o‘ylayotgan global trendlarni amalga oshirish, ularni sizning brend hududingizga olib kirish va mahalliylashtirish shartlariga rioya qilgan holda siz uchun moslashtirish bo‘yicha tajriba, tadqiqot va amaliyotga ega. Oddiy qilib aytganda, ular dunyo tajribasini ichki qismga joylashtiradilar va muvozanatlashtirilgan holatda qolishadi. Shuning uchun, ichki bozordagi bu trendlar butunlay begona narsa sifatida qabul qilinadi. 

Bu yerda o'ziga xos xususiyatlarni kiritish va mahalliy o'zbek brendi misolida gapirishni davom etish mantiqan to'g'ri.

Masalan, “Musaffo” o‘zbek sut brendi o‘z oldiga bir qator an’anaviy sut mahsulotlarini qayta jihozlash vazifasini qo‘ydi. Loyihani amalga oshirish uchun brend jamoasi sut bozorida yuqori tajribaga ega va xalqaro brendlar bilan ishlash tajribasiga ega va shunga mos ravishda jahon trendlari haqida global qarash va shunday tushunchasi bor Brain Tank agentligi bilan hamkorlik qildi. Gap marketing kommunikatsiyalari bo'yicha jalb qilingan xorijiy ijodiy agentlik haqida bormoqda. Shuningdek, ma'lum bir holatda qo'llaniladigan "glocal" yondashuv haqida ham.

Agentlik jamoasi "global miqyosda fikr yuritish - mahalliy darajada moslashish" haqida unutishmadi, ular faqat global yondashuv bilan kelishi mumkin emasligini tushunishadi - shuning uhcun bu mahalliylashtirilishi kerak. Qanaqasiga? Masalan, loyiha jamoasiga mahalliylashtiruvchi vazifasini bajaradigan alohida xodimni jalb qilish orqali: u tilni tushunadi, an'analarni tushunadi va kesib o'tib bo'lmaydigan chegaralarni his qiladi.

Bunday xodim brend jamoasi va agentlik jamoasi o'rtasidagi aloqani osonlashtiradi, chunki ular bir xil tilda gaplashadilar. 

Nima uchun bunday biznes hamkorlik - yaxshi? Uch nuqtada ko’rib chiqamiz:

  • Mahalliy bozorda ekspertlik bu - juda yaxshi. Lekin yetarli emas! Mahsulotni yangi darajaga olib chiqish uchun uni global tajriba bilan muvofiqlashtirish kerak.
  • Bu mahalliy brendga tajriba va ma'lumotlar bilan ta'minlangan yangi g'oyalarni olib keladi. Tashqi energiyasiz evolyutsiya bo'lmaydi. O'z bozoringiz haqida tushunchaga ega bo'lish yaxshi va to'g'ri, lekin birinchi bo'lish uchun jahon tajribasini o'zlashtirish va yangi innovatsiyalarni olib kirish kerak - bu chetdan kelgan kishi bilan hamkorlik qilish imkonini beradi.
  • Global tajriba, mahalliylashtirish bilan to'g'ri birlashtirilganda, brendning natijalarga erishish uchun barcha sa'y-harakatlarini ikki baravar oshiradi.

"Qanday qilib mahalliy brend xalqaro gigantlar bilan raqobatlasha oladi va hatto ulardan yaxshiroq bo'la oladi" sarlavhadagi savolga qaytsak, biz javob beramiz - siz “glocal” o'ylashingiz kerak. Va buni global dunyo jarayonlarini tushunish orqali ichki brendingizni rivojlantirishga yordam beradiganlar bilan qilish lozim. 

Команда